2020 yilning ilk oyidan poytaxt jamoat transportlari — avtobus hamda metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etila boshlandi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni kunga qadar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi validatorlar «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobuslarga biriktirildi. Shuningdek, maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi.

To‘lov kartalarining narxi 11 ming so‘m bo‘lib, har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Yo‘lovchilar mazkur turdagi kartalarni boshqa savdo nuqtalari qatori jeton hamda oylik yo‘l chiptalari bilan savdo qiluvchi quyidagi shaxobchalardan ham harid qilishlari mumkin.

Savdo nuqtalari:

Sariq ko‘l bekati;

Shimoliy vokzal bekati;

MUM bekati;

To‘qimachilik kombinati bekati;

Mashinasozlar bekati;

Parkent bozori bekati;

Chimyon do‘koni bekati;
Farg‘ona bozori (Risovыy) bekati;

Oloy bozori (markaz. Dar. tomon.) bekati;

GRAND (Rossiya) mehmonxonasi bekati;

Farhod bozorchi Lutfiy ko‘chasi bekati;

Yunusobod 3-kvartal bekati;

Sergeli yarmarka bozori 2-bekati;

Aviasozlar bozori (Kadыsheva) bekati;

Oloy bozori — Ardus bekati;

Janubiy vokzal shoh bekati;

Buyuk Ipak Yuli metrosi 1-bekati;

Pedagogika universiteti (Chilonzor metrosi).