22 iyun kuni Qozog‘istonning Akmola viloyati hududida Chimkentdan Volgodradga (Rossiya) ketayotgan avtobus ag‘darilib tushgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida to‘qqiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

«Kazinform» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda jami 52 kishi bo‘lib, ularning 50 nafari o‘zbekistonliklardir. 18 kishi, jumladan 17 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Qozog‘iston fuqarosi shifoxonaga olib borilgan, 25 kishiga hodisa joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Konsullik boshqarmasi va Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan jarohat olganlarning shaxsini aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish uchun choralar qo‘llanilmoqda.