O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qildi O‘zA.

Zafarobod tumanining «Chimqo‘rg‘on» qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi zamonaviy neftni qayta ishlash kompleksining qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lib, loyiha yiliga 5 million tonna neft xomashyosini qayta ishlash {72fb789b} beradi.

Foto: fb.com/Mirziyoyev.

Prezidentning Qozog‘iston va Rossiyaga davlat tashriflarida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida majmua uchun xomashyo yaqinda barpo etiladigan neft quvuri orqali yetkazib kelinadi. Bu energiya resurslarini yetkazish xarajatlarini keskin kamaytiradi va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Majmuaning geografik joylashuvi ishlab chiqarilgan mahsulotni mamlakatning barcha hududlariga va eksportga minimal xarajatlar bilan yetkazish imkoniyatini ta’minlaydi.


Foto: fb.com/Mirziyoyev.

Zavodda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha eng zamonaviy, ekologik va energetik jihatdan samarador texnologiyalar o‘rnatiladi. Ular asosida jahon standartlariga javob beradigan motor va aviatsiya yoqilg‘isi, benzol, mazut, bitum va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Aviatsiya kerosini ishlab chiqarish miqdorini oshirish havo kemalarimizning parvoz geografiyasini sezilarli darajada kengaytirish, yetakchi xorijiy aviakompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik orqali yo‘lovchi va yuk samolyotlarining tranzit reyslarini oshirish bilan bir qatorda mamlakat aviatsiya sohasini yanada rivojlantirish {72fb789b} beradi.

Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, sohaga aloqador va xizmat ko‘rsatish {69900fb2} qo‘shimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.