17-20-mart kunlari Qirg‘izistonning Qo‘chqor-Ota shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar davlat chegaralari loyihasini va tegishli kartografik materiallarni ko‘rib chiqdilar.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralaridagi muammoli masalalar bo‘lmagan hududlar bo‘yicha Davlat chegaralari haqidagi bitimni imzolash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb ta'kidlanmoqda vazirlik axborotida.