27-30-mart kunlari Toshkentda Zamonaviy yapon kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbir Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilgan.

Yaponiya elchixonasining matbuot xizmati xabar berishicha, dasturdan o‘rin olgan to‘rtta badiiy va bitta animatsiyon filmlar oilaviy rishtalar ahamiyati, ushalmagan orzular, sevgi tarixi, yapon yoshlari va gangsterlari, shuningdek Okinava oroli haqida hikoya qiladi.

Namoyishni rejissor Masayuki Suo tomonidan 1991-yilda suratga olingan komediya — «Sumo jonga tegdi» filmi ochib beradi. U universitetdan haydalmaslik uchun sumo musobaqasida qatnashishga majbur bo‘lgan talaba haqida hikoya qiladi. Ushbu film bir qancha xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Namoyishlar jadvali (Kinochilar uyi, pushti zal)

27-mart

18:00 Ochilish marosimi (Katta zal)
18:30 «Sumo jonga tegdi» — Masayuki Suo, 1991-yil

28-mart

18:00 «Nabining muhabbati» — Yuji Nakae, 1999-yil

29-mart

18:00 «Kichik sonata» — Takeshi Kitano, 1993-yil

30-mart

14:00 «Ku ismli suv parisi bilan o‘tkazgan yozim» — Keyiti Xara, 2007-yil (anime)
17:00 «O‘g‘illar» — Yoji Yamada, 1991-yil.

Kirish bepul.