«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 30-mart kunidan bahorgi-yozgi parvozlar jadvaliga o‘tmoqda.

Bahorgi-yozgi mavsumda mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar chastotasini ko‘paytiriladi, shuningdek yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiriladi. Xususan, Singapurga yangi xalqaro yo‘nalish ochladi.

Bu haqda milliy aviakompaniyaning axborot xizmati habar bermoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar 3-apreldan B767 samolyotlarida har haftaning chorshanba va payshanba kunlari bajariladi.

Shuningdek, yangi mavsumda «O‘zbekiston havo yo‘llari» yana bir yo‘nalish — Vladivostokka qatnovlarni rejalashtirgan.