18- fevral kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya elchisi Jorj Edgar rasmiy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo’ldi.

Elchi Surxondaryo hokimi va tadbirkorlari bilan uchrashuv o’tkazdi. Ular viloyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhokama qildilar. Hokim va viloyat savdo va sanoat palatasini vakillari viloyatdagi invsetitsiya va sayyohlik yo’nalishlaridagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, viloyatda Britaniya kapitali bilan 8 qo’shma korxona mavjudligini aytib o’tdilar.

Termiz Davlat Universitetida esa oily o’quv yutning ma’muriyati viloyatning ilmiy potentsiali haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Elchi esa universitetning o’qituvchilari bilan O’bekistondagi Buyuk Britaniya Kengashining inlgliz tilini o’rgatishga qaratilgan faoliyati haqida hamda talabalar bilan ularning akademik va darsdan tashqari muvvafaqiyatlari haqida suhbat qildi.

Bundan tashqari Jorj Edgar Termiz O’zbekiston — Afg’oniston chegarasida bo’ldi.

Elchi Amudaryoda joylashgan Hayraton ko’prigiga tashrif buyurib, O’zbekiston bojxona va chegara xizmati vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Ular Elchiga davlat chegarasi himoyasi va chegaradan yuk olib o’tish tizimi haqida ma’lumot berdilar.