15-fevraldan 26-aprel kuniga qadar o‘zbekistonlik ziyoratchilari Bahor oyidagi umra safariga borishadi.

Bahorgi umra ziyoratida jami 5904 nafar ziyoratchilar Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, umra ibodatlarini ado etadilar. Ziyorat 10 kunni tashkil etadi (Madinada 4 kun, Makkada 6 kun).

«Umra-2014» mavsumi tadbirlarini munosib tashkil etish, umrachilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarni qabul qilib olish, transport, oziq-ovqat, oshxona, tibbiy ko‘rikxonalar va boshqa shu kabi tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 8 nafar ishchi guruh tashkil etilgan, 29 ta shifokor va 4 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.