Sochida o‘tayotgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida muzda nafis uchish bo‘yicha qatnashayotgan o‘zbekistonlik sportchi Misha Ge bellashuvlarning yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldi.

13-fevral kuni o‘tgan saralash bosqichda Misha Ge 68,07 ball to‘pladi va qisqa dastur musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 24 sportchi orasida 18-o‘rinni egalladi.

14-fevral Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da o‘tishi rejalangan yakuniy bosqich erkin dastur bo‘yicha o‘tkaziladi.