O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi va Evropa Ittifoqidagi missiyasining rahbari Vladimir Norov EI Prezidenti Xerman vvan Romleyga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqida EI axborot xizmati xabar beradi.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalardagi O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi munosabatlarining zamonaviy holati hamda ularni yanada rivojlantirishning istiqbollari haqida fikr almashildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish, turli yo‘nalishlarda birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish uchun salohiyatning mavjud ekanligini qayd etdi.