O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha JCh-2014 bahslarida hakamlik qiladi. Bu haqda qarorni FIFA 14-yanvar kuni qabul qildi.

Ravshan Ermatovning hakamlik brigadasiga o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va Qirg‘izistondan Bahodir Qo‘chqorov ham kirgan.

Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha JCh-2014 bahslarini jami 43 mamlakatdan 25 hakamlik brigadalari kuzatadilar.