Unitel MCHJ (Beeline savdo markasi) bosh direktori Andrey Safronyuk kompanya bilan mexnat shartnomasi tugaganligi sababli O‘zbekistonda o‘z xizmat faoliyatini tugatmoqda. Bu haqda telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlardan biri Vimpelcom Ltd (Oʻzbekistondagi Beeline savdo belgisi) tarqatgan press-relizda xabar berilgan. Andrey Safronyuk o‘z karyerasini Vimpelcom'dan tashqarida davom ettiradi.

Unitel MCHJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib Aleksandr Vorobyov tayinlanganligini e’lon qilindi. 1977- yilda tug‘ilgan Aleksandr Vorobyov 2013-yilning avgustidan kompanyada moliya masalalari bo‘yicha direktor lavozimida ishlab kelgan edi. 2011-yil noyabrdan Aleksandr Vorobyov «VimpelKom» tizimida «Takom» MCHJ (Tojikistonda «Bilayn» SB) moliya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelgan.