Google Translate onlayn xizmatining tillar ro‘yxatida tez kunlarda o‘zbek tili paydo bo‘lishi mumkin. PR.uz yozishicha, Google kompanyasi tarjima xizmatning ishida ishtirok etishga o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarni taklif qilgan.

Ko‘ngillilar kompaniyaning rasmiy saytidaga anketani to‘ldirib, avtomatik tarjima uchun tegishli tizimni yaratishga o'z xissalarini qo'shishlari mumkin. Buning uchun nafaqat o‘zbek tilini, balkim ingliz tilini ham bilish shart.

Google Translate — bepul onlayn tarjima tizimi bo'lib, unda so‘z va butun boshli matnlarni 80 tilga o‘zaro tarjima qilsa bo'ladi.