O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarga STIR berish va qo‘llash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2014 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatimizda soliq to‘lovchilarga identifikatsion raqam (STIR) bir marta beriladi.

Unga ko‘ra, identifikatsiya raqamini yuridik shaxsning tugatilishi, jismoniy shaxsning vafoti yoki boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati bilan 3 yildan keyin boshqa soliq to‘lovchiga berish tartibi bekor qilindi.