O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan «Yil ayoli» tanlovining mamlakat bosqichi Toshkentda bo'lib o'tdi, unda 14 ayol ishtirok etdi.

O'zA xabar berishicha, tanlovda Andijon viloyati Asaka tibbiyot kolleji direktorining o‘rinbosari, pediatr Nargiza Sattorova «Yil ayoli — 2013» respublika tanlovining g‘olibi bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlariga diplom va sovg‘alar topshirildi. San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.