23-dekabr kuni Prezident Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasida strategik sherikchilik to'g'risidagi Shartnomani ratifikatsya qilish haqidagi qonunga imzo chekdi. Qonun 15-avgustda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma'qullangan edi.

Ikki davlat o'rtasidagi strategik sherikchilik to'g'risidagi shartnoma 14-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Toshkentga qilgan rasmiy tashrif doirasida izmolangan edi.

Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomada siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya, madaniy-gumanitar, harbiy-siyosiy va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning asosiy prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari mustahkamlangan.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda suvdan adolatli foydalanish tizimini rivojlantirish borasidagi o‘zaro kelishilgan yagona pozitsiya tasdiqlangan.