O'zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu haqdagi tegishli qarorga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-dekabr kuni imzo chekdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish haqida bitim ShHT Davlat rahbarlari kengashining 2013-yil 12-13-sentabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o'tgan navbatdagi majlisida imzolangan edi.

Hujjatga ko'ra, tomonlar tabiatni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligi fanlari, nanotizimlar va materiallar, axborot texnologiyalari, energetika va energiyani tejamsh, seysmologiya va geologiya va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantiradilar.