14-16-dekabr kunlariga rejalashtirilgan XIII «Bazar-Art» ko‘rgazma-yarmarkasi bekor qilindi.

«Toshkent shahar hokimiyatining Bazar-Art tadbirini o‘tkazish taqiqlangani to‘g‘risidagi ogohlantirishi sabab, ko‘rgazma-yarmarka o‘tkazilmaydi», — deyiladi tashkilotchilarning biri, Fond Forum tarqatgan bayonotda.

«Biz Toshkent shahri hokimligiga va shaxsan hokim Raxmonbek Usmonovga, o‘z vaqtida ogohlantirish berilgani uchun, hafsalani pir qilgan bo'lsa ham, minnatdorchilik bildiramiz. Bir hafta davomida 200ga yaqin barcha mintaqalardan kelgan usta-hunarmandlar nafaqat o'z mahsulotlari, rassomlik namunalarini taqdim qilish, balkim bundan munosib daromad ham olishi mumkin edi. Afsus, bu chiroyli va milliy san'at uchun foydali a'nanaga yakun yasalmoqda. Tushunganingiz va ishtirokingiz uchun tashakkur», — deb yakunlangan bayonot.

Avvalroq Fond Forum saytidan «Bazar-Art» o‘tkazilishi haqidagi xabar olib tashlangan edi.