RIA Novosti — Janubiy Afrika Respublikasining ilk qora tanli prezidenti Nelson Mandela payshanba kuni 95 ëshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Reyter agentligi mamlakatning amaldagi prezidenti Jeykob Zumaga asoslanib xabar bermoqda.

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Djeykob Zuma¸ « mamlakat o‘zining eng buyuk o‘g‘lidan judo bo‘ldi» deb ta’kidladi.

Mandela Janubiy Afrikadagi irqchilikka asoslangan aparteid tuzumga qarshi kurashgani uchun 1964-yilda yetti nafar safdoshi bilan birgalikda bir umrga qamalgan. U 27 yil qamoqda o‘tirdi va qamoqdan turib Janubiy Afrikadagi irqiy kamsitilish va tengsizlikka qarshi uyushgan harakatga rahbarlik qila oldi. Mandela 1994-yil ozodlikka chiqqach, JARning ilk qora tanli prezidenti bo‘lgan. 1993-yilda Nelson Mandela Nobel Tinchlik mukofotiga sazovor bo'lgan.