27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Monogliyaning O’zbekistondagi (qarorgohi Anqarada) Favqulodda va muxtor elchisi Badamdorja Batxishigani qabul qildi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko’ra, elchi Prezidenti Islom Karimovga yo’llangan ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Mongolia o’rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat berish qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan iqtisodiy, madaniy, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.