«GM Uzbekistan» qo‘shma korxonasi Chevrolet Orlando oilaviy miniveni 2014-yilning birinchi choragidan keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda.

Yangi o‘zlashtirilgan avtomobil modeli bilan seshanba kuni «General Motors Powertrain Uzbekistan» korxonasiga tashrif qilgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tanishib chiqdi.