AQSH davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik hamda AQSH va NATOning Afg‘onistondagi missiyasini qo‘llab-quvvatlashdagi sa'y-harakatlarini muhokama qilish maqsadida yuqori lavozimli mulozimlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. U fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashadi, deyiladi AQSH elchixonasi bayonotida.

Uilyam Berns mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, o‘zaro savdo-sotiq va sarmoyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, shuningdek, demokratik muassasalarni mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishning ahamiyatiga oid faoliyatga e'tibor qaratadi.

AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Afg‘onistonning Qobul shahriga ham tashrif buyurib, u yerda AQSH delegatsiyasiga “Osiyo yuragi” anjumanida boshchilik qiladi hamda afg‘onistonlik oliymaqom mulozimlar, boshqa hamkorlar va viloyat hokimiyati vakillari bilan uchrashadi.