Bu haqda “O‘zbekiston” telekanali “Mahalla” xayriya jamg‘armasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi. O‘tgan yilgi hasharda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 17 milliondan ziyod kishi ishtirok etgan.

“Mahalla” jamg‘armasi ma’lumotlariga qaraganda, ikki kun davomida jami 36,5 ming gektar hudud obodonlashtirildi (o‘tgan yili – 35,2 ming gektar).

Avval xabar berganimizdek, hasharning birinchi kunida 8 milliondan ortiq kishi qatnashib, 22 mingdan ko‘p gektar maydon obodonlashtirildi.

Ob-havo sharoitlari ishtirokchilarning tadbirda qatnashishiga halaqit bermadi. Hasharning birinchi kuni Toshkentdagi ob-havo bahoriy bo‘lib, havo harorati Selsiy bo‘yicha 17 darajani tashkil etgan bo‘lsa, yakshanba kuni kuchli qor kuzatilib, harorat 6 darajagacha tushib ketdi.