Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, barcha filmlar o‘zbekistonlik kino ixlosmandlarining did va qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlab olingan.

Haftalik Murod Saracho‘g‘luning “Pianinochi qiz” (2009-yil) filmi bilan ochildi.

8-dekabr kuni “Buyuring, qo‘mondonim!” (2006) komediyasi, 9-dekabr kuni “Jannatni kutib” (2006) tarixiy romani, 10-dekabr kuni “Kadri qayerga yursa, o‘sha yerga yuring” (2009) komediyasi ko‘rsatildi.

11-dekabr kuni “120” (2007-yil) dramasi namoyish etiladi.

Barcha filmlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Seanslarga kirish – bepul. Namoyishning boshlanish vaqti – 19:30.