2009-yildan beri “Barselona”ga muxlislik qilaman. O‘shanda Moskvadagi Monolit Records leyblida ishlardim va kechqurunlari televizorda futbol tomosha qilardim. “Arsenal” — “Barselona” o‘yinini yaxshi eslayman, kataloniyaliklar londonliklarni shunchaki yanchib tashlashgandi. O‘shanda o‘zimga yoqadigan futbolni ko‘rdim va hayratda qoldim, sevib qoldim. Hattoki oradan bir qancha vaqt o‘tib sevimli klubimning madhiyasiga
remiks yozdim.