O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga may oyi oxirigacha qo‘shilishi kutilmoqda.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi.
Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi, unda Rossiyada mamlakat fuqarolariga nisbatan bo‘layotgan “keskin salbiy munosabat” hamda ularning huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirilgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yuk mashinalari tranzitini soddalashtirish va ruxsatnoma blankalarini bekor qilishga kelishib oldi. Bu yetkazib berish muddatini qisqartirishi va yuk xavfsizligini oshirishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.
Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar yakunida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida jami 28 ta hujjat imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor hamda kengaytirilgan doirada uchrashib, hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Transport va tranzit tashish sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rildi.
18−19-aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus”dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an qarori bilan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilindi.
Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).
Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.
Shimoliy va Katta Farg‘ona kanallari bo‘ylab “Patar” va “Sarvak” transchegaraviy gidropostlari o‘rnatildi. Ular O‘zbekiston va Tojikistonda sug‘orish uchun sarflanadigan suv hajmini aniqroq o‘lchash imkonini beradi. Loyiha Shveysariya hukumatining Blue Peace Central Asia tashabbusi ko‘magida amalga oshirildi.
Tojikistonda mamlakat Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting