Jamiyat

Toshkentda mushuklarni qiynab, ulardan birini o‘ldirgan yigitning shaxsi aniqlandi
22 noyabr 2021, 11:24

Toshkentda mushuklarni qiynab, ulardan birini o‘ldirgan yigitning shaxsi aniqlandi

Yashnobod tumanida noma’lum shaxs mushuklarni paketga solib, pod’ezdga olib kirib, qiynagan va ulardan birini o‘ldirgan. Poytaxtga IIBBga ko‘ra, ushbu shaxs aniqlandi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)
22 noyabr 2021, 10:55

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)

Dushanba kuni poytaxtning 4 ta tumanida gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi
22 noyabr 2021, 10:06

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda to‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga koronavirusga qarshi ixtiyoriy buster doza bilan emlashga ruxsat berildi.

Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar aniqlandi
21 noyabr 2021, 15:04

Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar aniqlandi

O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar (nematodalar) aniqlandi. Ta’minotning bir qismi eksportchilarga qaytarilgan, ba’zilari esa yo‘q qilingan. Nematodlarning tarqalishi bilan kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ekinlarning hosildorligini kamaytirish xavfi mavjud.

Antikorrupsiya agentligiga jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqi berildi
21 noyabr 2021, 13:14

Antikorrupsiya agentligiga jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqi berildi

19 noyabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘rganish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tashkilot BMTning boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatadigan organlar qatoriga kiritildi.

Aktyor Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi
21 noyabr 2021, 12:19

Aktyor Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi

Taniqli aktyor, o‘zbek kinosi afsonasi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.

«Halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz». O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi
20 noyabr 2021, 21:09

«Halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz». O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi

O‘zbekistonda ilk bor YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi. Yo‘l harakatining turli ishtirokchilari va muhandislar ko‘cha va yo‘llardagi xavfsizlik, bolalarga YHQni o‘qitish dasturlari, Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.

Sirdaryoda prezident maktabi ochildi
20 noyabr 2021, 20:18

Sirdaryoda prezident maktabi ochildi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida prezident maktabi ochildi. Uning qurilishi Discover Invest kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, loyiha qiymati 84 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Foto: O‘zbekistonda «Dunyoni moviy rangga bo‘ya» aksiyasi
20 noyabr 2021, 19:27

Foto: O‘zbekistonda «Dunyoni moviy rangga bo‘ya» aksiyasi

Toshkent va boshqa viloyatlardagi 100 dan ortiq binolar O‘zbekistonning bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat sifatida bugun oqshom moviy rang bilan yoritildi. «Dunyoni moviy rangga bo‘ya» global aksiyasi Jahon bolalar kuniga bag‘ishlandi.

«Amerikaning yuridik xizmatlar bozori — dunyodagi eng katta bozor». Amerikadagi magistrant Zuxra Xayrullayeva bilan suhbat
20 noyabr 2021, 18:00

«Amerikaning yuridik xizmatlar bozori — dunyodagi eng katta bozor». Amerikadagi magistrant Zuxra Xayrullayeva bilan suhbat

«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — Pensilvaniya shtati universitetida (AQSh) tahsil olayotgan magistrant Zuxra Xayrullayeva. Biz undan nega Amerikada o‘qishni tanlagani, AQSh universitetining O‘zbekistondagi OTMlar bilan farqi, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.

Surxondaryoda 115 kgdan ortiq narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
20 noyabr 2021, 16:27

Surxondaryoda 115 kgdan ortiq narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Surxondaryo viloyatida DXX xodimlari tomonidan Tojikiston va Afg‘onistonda tayyorlangan yirik partiyadagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 67 kgdan ortiq opiy, 48 kgga yaqin gashish va 450 gramm geroin topilib, musodara qilindi.

2022 yildan ko‘p kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s tezlikli internetga ulanadi
20 noyabr 2021, 15:36

2022 yildan ko‘p kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s tezlikli internetga ulanadi

Hukumat qarori bilan 2021 yil yakunigacha barcha IIO tayanch punktlari, MFY, jazoni ijro etish muassasalari, profilaktika inspektorlari xonalari, xalq ta’limi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari internetga keng polosali ulanadi. 2022 yil 1 yanvardan ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan ulash ko‘zda tutilmoqda.

Mehnat vazirligi emlanmagan xodimlarni ishdan chetlatish tartibini tushuntirdi
20 noyabr 2021, 13:42

Mehnat vazirligi emlanmagan xodimlarni ishdan chetlatish tartibini tushuntirdi

Mehnat vazirligi ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra, xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar u yozma ariza berishdan bosh tortsa, dalolatnoma tuziladi. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra emlanmaydiganlar masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

Toshkentda mintaqadagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi
20 noyabr 2021, 12:51

Toshkentda mintaqadagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi. U turlicha saqlash harorati bilan barcha turdagi vaksinalarni saqlashi mumkin. Ombor UNICEF ko‘magida qurilib, Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.

Metroni qanday uzaytirish rejalashtirilmoqda va bu qanchaga tushadi?
20 noyabr 2021, 11:43

Metroni qanday uzaytirish rejalashtirilmoqda va bu qanchaga tushadi?

Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasini «Buyuk ipak yo‘li» bekatidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali TTZgacha uzaytirish rejalashtirilgan. Qurilishning birinchi varianti 220 mln dollardan ortiq baholanmoqda. Shuningdek, halqali metropolitenning ikkinchi bosqichi qurilishida «muammoli» qismidan o‘tish variantlari ham muhokama qilinmoqda. Yo‘l o‘tkazgichni qurish uchun 132 ta binoni buzish va 300 dan ortiq daraxtni kesish talab etiladi. Yer osti liniyasi zarari kamroq, ammo u ko‘proq xarajat talab etadi. Tramvay esa «taqiqlangan» mavzu bo‘lib qolmoqda.

Nima tayyorlaymiz: nonushta uchun quymoqlar
20 noyabr 2021, 10:15

Nima tayyorlaymiz: nonushta uchun quymoqlar

Pishloq va ko‘katli, go‘shtli, tvorogli va shokoladli — Zira.uz turli usulda pishiriladigan quymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

19 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 noyabr 2021, 21:30

19 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qabul qilingan qarorlar, Oliy Majlis Senatining 21 yalpi majlisi, Inkuzart`ning yangi graffitisi yana bo‘yab tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 19 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

TDIU 90 yilligini nishonlashga ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘m nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi
19 noyabr 2021, 18:24

TDIU 90 yilligini nishonlashga ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘m nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligini nishonlash uchun 300 ming dollar ajratilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi. Universitet matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga yubileyni nishonlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘mning nimalarga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

2021 yilda O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda
19 noyabr 2021, 18:01

2021 yilda O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yilda qariyb 7,6 mlrd dollarni yoki mamlakat YAIMning 11,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Global makroiqtisodiy prognozlarga muvofiq, 2022 yilda pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 foizga o‘sishi kutilmoqda.

OTMga kirishda maktab baholarini hisobga olish nizomi tasdiqlandi
19 noyabr 2021, 17:36

OTMga kirishda maktab baholarini hisobga olish nizomi tasdiqlandi

Maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi. Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting