Jamiyat

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi
3 noyabr 2021, 20:21

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga TikTok, Twitter, VKontakte va Skype`dan tashqari Telegram, Facebook, Odnoklassniki, YouTube va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarning faoliyati cheklangan.

Effect.uz`ning sobiq bir va hozirgi ikki jurnalistiga sud hukmi o‘qildi
3 noyabr 2021, 19:55

Effect.uz`ning sobiq bir va hozirgi ikki jurnalistiga sud hukmi o‘qildi

Qashqadaryoda Termiz tuman sudida sudya bilan janjallashib qolgan voqeadan so‘ng qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Effect.uz internet-nashrining uch jurnalistiga hukm chiqarildi. Ulardan biri uch yilga ozodlikdan mahrum etildi, ikki nafariga turli muddatlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

200 ga yaqin kishi Toshkentdan Istanbulga ucha olmadi: izohlar (+)
3 noyabr 2021, 19:21

200 ga yaqin kishi Toshkentdan Istanbulga ucha olmadi: izohlar (+)

Toshkent aeroportida 200 ga yaqin kishi Istanbulga ucha olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyohlik kompaniyasi kelishmagan holda reys uchun chiptalar sotgan. Transport vazirligi zaxiradan samolyot ajratdi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.

Maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilari grippga qarshi bepul emlanadi
3 noyabr 2021, 19:04

Maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilari grippga qarshi bepul emlanadi

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilmoqda.

Xo‘ja Porso masjidi ishi bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3 noyabr 2021, 18:24

Xo‘ja Porso masjidi ishi bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xo‘ja Porso jome masjidining tarixiy binosi buzilganligi holati yuzasidan Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘istonda Lifan yuk mototsikli keskin orqaga burilib, YTHga sababchi bo‘ldi, 2 kishi o‘ldi, 3 kishi jarohatlandi
3 noyabr 2021, 17:16

Qoraqalpog‘istonda Lifan yuk mototsikli keskin orqaga burilib, YTHga sababchi bo‘ldi, 2 kishi o‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yuk tashuvchi mototsikl, yengil va yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi og‘ir tan jarohati oldi.

“Agrobank” Basalt Wool korxonasiga press-tur tashkil qildi
3 noyabr 2021, 17:00

“Agrobank” Basalt Wool korxonasiga press-tur tashkil qildi

OAV vakillari Basalt Wool MCHJ iqtisodiy samaradorligi, zamonaviy ishlab chiqarish quvvati bilan yaqindan tanishdi.

Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin
3 noyabr 2021, 16:19

Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin

Hukumat qaroriga muvofiq, Rossiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasalariga murojaat qilishi mumkin.

Alisher Usmonovning fondi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatladi
3 noyabr 2021, 15:38

Alisher Usmonovning fondi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatladi

Rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, shu jumladan, Toshkentda modernizm me’morchiligini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘tgan asrning 60−80 yillarida poytaxtda qurilgan binolarga tashqi jozibadorlik taqdim etib, funksional jihatdan takomillashtiriladi.

Toshkent shahrida yangi gaz hisoblagichlarini o‘rnatish 2023 yilgacha yakunlanadi
3 noyabr 2021, 15:14

Toshkent shahrida yangi gaz hisoblagichlarini o‘rnatish 2023 yilgacha yakunlanadi

Toshkent shahrida yakka tartibdagi iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish 2022 yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Avvarroq buni 2021 yil oxirigacha amalga oshirish ko‘zlangan edi.

Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i 1,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
3 noyabr 2021, 11:58

Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i 1,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish davrida 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda Islom Karimov ko‘chasi bir kunga yopildi
3 noyabr 2021, 11:56

Toshkentda Islom Karimov ko‘chasi bir kunga yopildi

Toshkentda 4 noyabr soat 11:00gacha olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari munosabati bilan Islom Karimov ko‘chasining Senat yangi binosi oldidagi qismi yopildi. Avtobus yo‘nalishlari aylanma yo‘nalishda tashkil etilgan.

Pensiya haqidagi ma’lumotni Telegram-bot orqali bilish mumkin
3 noyabr 2021, 11:27

Pensiya haqidagi ma’lumotni Telegram-bot orqali bilish mumkin

Moliya vazirligi pensiya to‘lovi hamda nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar haqida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan @pensiyauzbot Telegram-botini ishlab chiqdi. U orqali pensiya jamg‘armasiga murojaat yo‘llash imkoniyati ham mavjud.

2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi
3 noyabr 2021, 10:58

2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta maktabiga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Cambridge University Press tomonidan chop etilgan ushbu darsliklar O‘zbekistonning barcha maktablarida ijara asosida berila boshlanadi.

Toshkentda 16,5 gektar yerni 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
3 noyabr 2021, 10:56

Toshkentda 16,5 gektar yerni 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida joylashgan fermer xo‘jaligining 16,5 gektar sug‘oriladigan yerini o‘zganing nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 600 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida joylashgan o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berish evaziga 300 ming dollar talab qilgan shaxslar ham qo‘lga olindi.

Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi
3 noyabr 2021, 10:49

Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Hukumat qarori bilan paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxtani terib olish uchun 1,6 trln so‘mgacha resurslar ajratiladi. Mashinada paxta yig‘ib olish xizmati xarajatlarining 30 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, ayrim hududlarda paxta teruvchilarga amaldagi stavkaga qo‘shimcha ravishda har bir kg paxta uchun 230 so‘m ustama haq to‘lanadi.

2 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 noyabr 2021, 22:05

2 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi, Abdulaziz Kamilovning rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusi, respublika bo‘ylab 60 dan ortiq bozor va majmualarning xususiylashtirilishi kutilayotgani — “Gazeta.uz"ning 2 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuraturani sudga berdi
2 noyabr 2021, 19:40

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuraturani sudga berdi

Aprel oyida vafot etgan Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonovning otasi qonunda belgilangan tartibda nafaqa pullari to‘lab berilmaganini ma’lum qildi. Shu sabab marhumning otasi Bosh prokuratura ustidan sudga murojaat qildi. Biroq, FIB Mirobod tuman sudi da’vo arizasini rad qildi. Da’vogar esa sudga apellyatsiya shikoyatini kiritgan.

Yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi — prezident
2 noyabr 2021, 19:35

Yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejasini ma’lum qildi. 2 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lgan muddat daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» deb e’lon qilindi.

«Yangi O‘zbekiston» massivlari barpo etiladi — Shavkat Mirziyoyev
2 noyabr 2021, 18:34

«Yangi O‘zbekiston» massivlari barpo etiladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurish zarurligini ta’kidlandi. Davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» massivlari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishini qayd etdi. 2022 yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foizlarni subsidiyalash uchun budjetdan 1,5 trln so‘m ajratilishi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting