Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga tashrif buyurib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.

Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining shifoxonaga tashrifi aks etgan videoni e’lon qildi.

Boyovut tumanidan Uskan Xajimanov prezident bilan suhbat chog‘ida davlat rahbarining nima kamchiliklar bor degan savoliga “Bir xo‘jalik uy bo‘lsa” deya javob berdi. Davlat rahbari Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bilan telefon orqali bog‘lanib, “Bu ularning nabiralariga tabrik bo‘lsin”, deya urush faxriysiga Guliston shahridan uy ajratib berishni topshirdi.

urush faxriyлари, хотира va қадрлаш kuni, шавкат мирзиёев

Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanidan Muhiddin ota Dusanbayev bilan suhbat davomida “Hamma harakatlarim O‘zbekiston xalqini rozi qilishga qaratilgan”, — dedi. Bunga javoban faxriy “O‘zbekiston tez orada dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi”, — deya ta’kidladi.

Parkent tumanidan Anarboy Jalilov prezidentdan “Charchamayapsizmi?” — deb so‘radi. “Yo‘q, yo‘q, yo‘q, charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz”, — deya javob berdi prezident.

urush faxriyлари, хотира va қадрлаш kuni, шавкат мирзиёев

Suhbat yakunida faxriy shunday dedi: “Mendan Shavkat Miromonovich haqida nima deysiz, deb so‘rab qolishsa, men ularga aytardim: Saylovlarni yo‘qotinglar. Odamlarni chaqiringlar-da, Shavkat Miromonovich umrining oxirigacha prezident bo‘lib qolsin, deb aytinglar”.

Prezident bunga javoban kulib qo‘ydi va Anarboy Jalilovga sog‘liq tiladi.