Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hududda yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarga chek qo‘ydi.

Jumladan, Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 47 yoshli shaxs 2020-yilda tuman hokimining qarori asosida o‘zining qarindoshiga “Yoshlar mehnat guzari” bino-inshootlari qurish uchun ijara huquqi asosida berilgan 15 sotix yerni kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

дхх, noqonuniy yer sotish

Uchko‘prik tumanida yashovchi 65 yoshli shaxs 2016-yilda o‘zining o‘g‘li nomiga tashkil etilgan bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jalikka tuman hokimining 2019-yildagi qarori bilan sabzavotchilik-bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ijara huquqi asosida qo‘shimcha ravishda ajratib berilgan 10 gektar yer maydonini xaridorga 30 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

дхх, noqonuniy yer sotish

Toshloq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 43 yoshli shaxs tuman hokimining 2017-yildagi qarori bilan o‘z akasiga issiqxona va bog‘dorchilik uchun foydalanishga berilgan 30 sotix yer maydonidan 12 sotixini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

дхх, noqonuniy yer sotish

Rishton tumanida yashovchi 38 yoshli shaxs esa davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 25 ming dollar talab qilib, oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

дхх, noqonuniy yer sotish

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.