O‘zgidromet xizmati agentligi 16−22-aprel kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli ko‘chki respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:

  • Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Avvalroq 16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi haqida ham xabar berilgandi.