Rustam Davutovich Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Foto: Navoiy viloyati hokimligiFoto: Navoiy viloyati hokimligi

Rustam Sulaymonov 1982-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligining xabar berishicha, Muzaffar Akbarovich Aripov Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligiFoto: Toshkent viloyati hokimligi

Muzaffar Aripov 1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020-yil Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. U mazkur lavozimda o‘z arizasiga binoan ishdan ketgan Nodirbek Yakubov o‘rnini egalladi.