O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov dinamik (onlayn) reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi.

нодiрбек абдuсатторов, shaxmat

O‘tgan dam olish kunlari Abdusattorov “Firnxaym” klubida safida Germaniya jamoalar o‘rtasidagi shaxmat chempionatida (Bundesliga) ikkita g‘alaba va bir durang qayd etdi.

So‘ng o‘zbekistonlik sportchi Prague International Chess Festival superturnirining birinchi davrasida grossmeyster Txay Day Van Nguyenni mag‘lub etdi.

Bu uning reytingini 2753,5 ballga va besh pog‘onaga ko‘tardi: dinamik reytingda 10-o‘ringa.

Nodirbek Abdusattorov o‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘rtasida rekord o‘rnatdi: bir yil avval u eng yuqori reytingga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda u dunyoning kuchli o‘ntaligiga kirdi. Bungacha faqat Rustam Qosimjonov 2715 ball bilan 11-o‘rinni egallagandi.

Prague Chess Festival 2024 27-fevraldan 7-martgacha Chexiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Turnirda Nomzodlar turnirining uch ishtirokchisi: Pragnanandxa Rameshbabu, Vidit Santosh Gudjrati i Gukesh Dommaradju kurash olib boradi. Ulardan tashqari Nodirbek Abdusattorov, Vinsent Kaymer, Rixard Rapport, Parxam Magsudlu, o‘n karra Chexiya chempioni David Navara, to‘rt karra Polsha chempioni Mateush Bartel, shuningdek, yana bir mahalliy vakil Tay Day Van Nguyen o‘ynamoqda.

Yanvar oyida Nodirbek Abdusattorov kuchli shaxmatchilar bilan Tata Steel Chess superturnirida qatnashib, 13 turdan ortiq o‘yinda oltita g‘alaba qozondi, besh marta durang o‘ynadi va ikki marta mag‘lubiyatga uchradi. “Gazeta.uz” ushbu turnir o‘zbekistonlik futbolchi uchun qanday kechgani haqida yozgandi.