Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston 6 ta medal oldi. Bu haqda Vvelosiped sporti federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Musobaqada O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari jami 17 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Sovrindorlar

Kattalar:
Nikita Svetkov (chiqarib yuborish) — kumush medal
Margarita Misyurina (ochko to‘plash) — kumush medal
Olga Zabelinskaya/Nafosat Koziyeva (medison) — kumush medal.

Yoshlar:
Alimardon Jamoldinov (omnium va ochko to‘plash dasturlarida) — kumush va bronza medal
Samira Ismoilova (omnium) — bronza medal oldi.

Ayollar o‘rtasidagi medison guruh poygasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Zabelinskaya hamda Koziyeva juftligi delegatsiyaga Parij-2024 Olimpiya litsenziyasi yo‘lida 1080 reyting ochkosini taqdim etdi.

Osiyo chempionatidan so‘ng O‘zbekiston velosportchilari Italiyada bo‘lib o‘tadigan yuqori diviziondagi World Tour shosse poygalarida ishtirok etadi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Lyudmila Markelova trek musobaqalarining O‘zbekiston uchun qiyin kechishiga sabab mamlakatda mashg‘ulotlar muntazam va doimiy ravishda taktika bilan olib boriladigan va respublika hamda xalqaro musobaqalar tashkil etiladigan UCI standarti va sertifikati bo‘yicha yog‘och qoplamali yopiq velosport yo‘laklari yo‘qligida ekanini ta’kidladi.

Foto

velosport, осиё чемпионати

velosport, осиё чемпионати

velosport, осиё чемпионати

velosport, осиё чемпионати

velosport, осиё чемпионати

velosport, осиё чемпионатиvelo