O‘zbekistonlik shaxmatchilar 12−22-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o‘tkazilgan shaxmatning klassik, tezkor (rapid) va blits yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qator medallarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar turli yosh toifalarida — U-8 dan U-18 gacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Klassik turnir hali ham davom etmoqda, ammo rapid va blits bo‘yicha medallar allaqachon qo‘lga kiritildi. Ushbu yo‘nalishlarda o‘ylash uchun klassikaga qaraganda kamroq vaqt beriladi — har bir harakatdan keyin 10 soniya qo‘shilishi bilan ikkala o‘yinchi uchun tezkor 15 daqiqa bo‘lsa, blitsda — ikki soniya qo‘shilgan holda 3 daqiqa.

Blits bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Umida Omonova birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz raundning sakkiztasida g‘alaba qozonib, atigi bittasida durang qayd etdi va 8,5 ochko to‘pladi. Tezkor musobaqada u ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi. Dastlabki ikki o‘rinni Hindiston va Indoneziya vakillari egalladi.

Davron Sharipov (o‘ngda).Davron Sharipov (o‘ngda).

18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvda Davron Sharipov blits bo‘yicha turnir g‘olibi bilan bir xil ochko (7) jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Husnoraxon Husnitdinova (chapda) va Mumtozbegim Mansurova.Husnoraxon Husnitdinova (chapda) va Mumtozbegim Mansurova.

8 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi blits bo‘yicha bahslarda Xusnoraxon Xusnitdinova bronza medalini qo‘lga kiritdi.