25 sentyabr kuni 17:30 atrofida Jizzax-Forish-Qizilcha 4P-36 avtoyo‘lining Nurota tumani orqali o‘tgan 40−41- kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyat FVBga tayangan holda.

Toyota (raqami 001 M 004990) avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va Lacetti (raqami 85 B 464 DA) avtomobili bilan to‘qnashadi.

Toyota avtomobilida bo‘lgan ikki nafar Pokiston fuqarosi hamda Lacetti avtomobilida bo‘lgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

Toyota avtomobilida bo‘lgan boshqa yo‘lovchi — Pokiston fuqarosi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

U Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali jonlantirish bo‘limiga yetkazildi.