Chirchiqning Navoiy ko‘chasiga, hamda markaziy dehqon bozori hududiga foto- va videokameralar o‘rnatildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

Kameralar yordamida avtomobillar tomonidan tezlikni oshirish va svetofor ishoralarini inobatga olmaslik kabi qoidabuzarliklar qayd etiladi. Shuningdek, kameralardan qoidabuzarliklarni fosh etish va oldini olishda ham foydalaniladi.