Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh 24−26 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Turkiya elchixonasi «Gazeta.uz"ga.

U O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Yig‘ilish doirasida ikki davlat tadbirkor doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Xuddi shu davrda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji ham O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U xususan Buxoroda XVI «Ipak va ziravorlar» festivali ochilishida ham ishtirok etadi.