Seshanba, 21 fevraldan O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatiluvchi AQSH dollarining so‘ng nisbatan qiymati birvarakayiga 47,52 so‘mga — 3309,35 so‘mdan 3356,87 so‘mga qimmatlashadi. Bu haqda MB saytidagi ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

So‘nggi haftada Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi taxminan 15 so‘mga qimmatlagan edi (rasmiy kurs har seshanba kuni yangilanadi). Yil boshidan buyon (3231,48 so‘m) dollarning so‘mga nisbatan kursi 3,88 foizga o‘sdi.

Seshanba kuni yevroning so‘mga nisbatan kurs +28,8 so‘mga qimmatlab, 3571,52 so‘mga yetadi, Rossiya rubli esa 2 so‘mga ko‘tarilib, 58,24 so‘mga yetadi.

MB tomonidan belgilanadigan kurslardan buxgalterlik hisobi, statistik va valyuta operatsiyalari bo‘yicha boshqa hisobotlar, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-kitob qilish uchun foydalaniladi.