O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov 15-fevral kuni Farg‘onada Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov bilan uchrashdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston hukumati sayti.

Uchrashuvda chegaraviy hamkorlik, shuningdek o‘zbek va qirg‘iz davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Davlat chegaralaridagi oydinlik kiritilmasdan qolgan uchastkalar yuzasidan kelishuvga erishish bo‘yicha ishlarni tez orada yakuniga yetkazish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, ikki davlat hukumatlari delegatsiyalari a’zolari 16-fevral kuni O‘sh shahrida joylashgan Bobur nomidagi drama teatrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 24 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda ishtirok etdi.