O‘zbekiston fuqarolari — Lyudmila Bazarova (1975-yil tavallud topgan) va Zaynutdin Abdusalanov (1992-yilda tug‘ilgan) — Rossiyaning Saratov viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati Rossiyada FVVga tayangan holda xabar qildi.

15-yanvar kuni Moskva vaqti bilan 01:32 da “Nijniy Novgorod-Saratov” avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobili va Toyota Verso rusumli yengil avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. YTH natijasida 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekiston FVV respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning yaqinlariga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.