28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sinsuke Sugiyamuni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, Sinsuke Sugiyama O‘zbekistonga muntazam ikkitomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Muloqot chog‘ida bugungi kunda O‘zbekiston va Yaponiya, xususan «O‘rta Osiyo+Yaponiya» Dialogi shaklidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.