20-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Dastur Shahrisabzning tarixiy qismidagi madaniy meros ob'ektlarini ehtiyotlab saqlash va ulardan zamonaviy foydalanishni oqilona tashkil etish, tarixiy-arxitekturaviy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirish, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Dastur quydagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

— yo‘l-transport infratuzilmasi ob'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilinadi. Xususan, «Qarshi-Shahrisabz-Kitob» va boshqa mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirish, shahar ko‘chalarini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan;

— yangi avtostansiya quriladi, mavjudlari kapital ta'mirlanadi. Avtobus parkini yangilash maqsadida shahar uchun 95 ta «Isuzu» avtobuslari sotib olinadi;

— kommunikatsiyalar tizimlari rivojlantiriladi;

— tarixiy-madaniy meros ob'ektlari restavratsiya qilindi va ularning holati yangilanadi;

— shaharning arxitekturaviy-rejalashtirish qiyofasi yaxshilanadi. Xususan, yangi xiyobon va favoralar quriladi, obodonchilik va ko‘klamlashtirish ishlari olib boriladi;

— ikkita zamonaviy 3- va 4- yulduzli mehmonhonalar quriladi;

— yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uy-joylarni loyihalash va ularni qurish uchun yer uchastkalari ajratish ham ko‘zda tutilgan.