O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib Shuhrat Teshayevni tayinladi. Vazirlik rahbariyatidagi o‘zgarishlar haqida vazirlikning rasmiy saytidagi ma'lumotlar ham dalolat beradi.

Shuhrat Teshayev yangi lavozimga tayinlanguniga qadar vazirlikda agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlab kelgan edi.

Yangi lavozimda Shuhrat Teshayev 2013-yilning sentyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Zafar Ro‘ziyev o‘rnini egalladi.