«Ivan Poddubniy Gran-pri» turkumiga kiruvchi yunon­-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Elmurod Toshmurodov vazni 59 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

17-19- yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida o‘ktazilgan an’anaviy xalqaro turnirda dunyoning o‘ndan ziyod davlatidan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Xalqaro sport kurashlari federatsiyasi (FILA) tomonidan e’lon qilingan 2013 yilning eng kuchli yunon­rum kurashi ustalari reytingida o‘z vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan Elmurod Toshmurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida joriy yilgi sport mavsumida jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etadi.