14- yanvar kuni O‘zbekistonga Yaponiyaning Ichki ishlar va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari, Parlament deputati Yoko Kamikava boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Gazeta.uz'ga Yaponiya elchixonasining Iqtisodiy hamkorlik bo‘limida xabar berishlaricha, tashrif doirasida Yaponiyaning Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida uchrashuvlar rejalashtirilgan.