2014- yilda «Angren» maxsus industrial hududida nafas yo‘llari kasalliklarini davolovchi dori-darmonlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda DAK «Uzfarmsanoat» axborot xizmatiga asoslanib «Jahon» MAA xabar bermoqda.

Umumiy qiymati 14 mln AQSh dollarini tashkil etadigan yangi korxona Xitoyning Kunmin Pharmaceutical kompaniyasi bilan teng sheriklikda qurilmoqda.

Tegishli shartnoma xitoyliklar bilan 2013- yilning fevralida imzolangan edi.

Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 2 mln doza dorini tashkil etishi mo’ljallangan.