13-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisining ikkinchi kunida senatorlar Baxtiyor Abdusamatovni O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladilar. Bu haqda Senatning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Baxtiyor Abdumasatov O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Baxtiyor Abdumasatov 2013-yilning iyunida O‘zbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining raisi etib saylangan Narimon Umarovning o‘rniga keldi..