3-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasining yangi rahbari Jak Villetta bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik qoshidagi «Jahon» axborot agentligi xabar qiladi.

Komilov va Villetta suhbati chog‘ida O‘zbekiston va Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqboli muhokama etilgan, mintaqaga oid ayrim masalalar yuzasidan fikr almashilgan.