O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki «Kredit-Standart» ochiq aktsiyadorlik tijorat bankidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib oldi. Bu haqida ma'lumot 27-noyabr kuni Markaziy bankning saytida e'lon qilindi.

Xabarda «Kredit-Standart» bank litsenziyasini chaqirib olish sababi amaldagi bank qonunchiligi talablari «Kredit-Standart» banki tomonidan buzilganligi deb aytilgan.

2012-yil ohirida «Kredit-Standart» bankning horijiy valyutada ayrboshlash huquqini beruvchi litsenziyasi olib qo'yilgan edi.

«Kredit-Standart» bank 2003-yil 1,3 mlrd so'mlik birlamchi ustav kapitali bilan tuzilgan. 2012-yilning 1-yanvar holatiga bank akitvlari 205 mlr so'mni tashkil etgan. Bank O'zbekistonda o'nta eng yirik banklari soniga kirar edi. Bir necha bor The Banker va Global Finance kabi xalqaro nashrlar tomonidan O'zbekistondagi eng yaxshi bank deb tan olingan edi.

Bundan tashqari, bank Moody's xalqaro reyting agentligi va Axbor-Reyting milliy reyting agentligi tomonidan «Barqaror» deb topilgan edi.